13 Apr

Katta gabaritli yukning ishonchli, tez yetkazilishi

Katta gabaritli uskuna, agregatlarning transportirovkasi malakali yondashuvni talab qiluvchi murakkab operatsiya hisoblanadi. Bunday yuk tashishlarga ehtiyoj turli soha tashkilotlari qurilmalar xarid qilishida, qurilish kompaniyalari og’ir texnikalarni uzoq obyektlarga ko’chirishida va boshqa holatlarda yuzaga keladi. O’zbekistonda katta gabaritli yuk tashishlarni RustamTransCargo kompaniyasi amalga oshiradi.

Katta gabaritli yuk transportirovkasiga talablar

Katta gabaritli yuk tashilishi maxsus ixtisoslikka ega. Bunday tashishni sifatli, xavfsiz bajarish faqat ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning qo’lidan kelishi mumkin. Bunday yuk tashishlarga qo’yiladigan bir nechta talablar bor:

  • maxsus transportning yuk ko’tarishi va jihozlanishi yukning gabaritlari, ixtisosligiga aniq mos kelishi lozim;
  • yuklash platformada optimal joylashuvni hisobga oluvchi, ishlab chiqilgan sxema bo’yicha amalga oshiriladi;
  • mahkamlash maxsus tizim, uskunalar bilan bajariladi;
  • uzunlik, balandlik normativlari oshganida kuzatuv tashkil qilish kerak;
  • yo’l marshruti yuk ixtisosligi e’tiborga olinib tanlanadi.

Yirik gabaritli zanjir tasmali va g’ildirakli maxsus texnika, sanoat uskunalari, agregatlar kuchli trallar bilan transportirovkalanadi. Ba’zi konstruksiyalarda mo’rt detal va qismlar bo’ladi. Avtomobil platformasi vibratsiya, tebranishlardan shikastlanishning oldini oluvchi gidravlik, pnevmatik amortizatsiya tizimlariga ega bo’lishi lozim.

Bizning kompaniyamizda katta gabaritli yuk tashishlar yuk uchun xavfsiz sharoit ta’minlovchi trallarning zamonaviy modellarida bajariladi.

RustamTransCargo da katta gabaritli yuk tashishlarning kompleks xizmati

Katta gabaritli yuk tashishlarga narxlar transport turi, marshrut uzunligiga bog’liq. Kompaniyamizda yetkazish buyurtmasi harajatlarni tejash imkonini beradi. Biz quyidagilarni o’z ichiga oluvchi kompleks xizmatlarni taklif qilamiz:

  • malakali yuklash;
  • tez, ishonchli transportirovka;
  • optimal marshrutning ishlab chiqilishi;
  • ilova hujjatlari va sug’urtaning rasmiylashtirilishi.

Katta avtopark har qanday yuk uchun maxsus texnikani to’g’ri tanlash imkonini beradi. Professional yuklash, mahkamlash ishonchlilikni kafolatlaydi. Mamlakatdagi barcha yo’llarning holatini biluvchi malakali mutaxassislar yo’lning optimal marshrutini ishlab chiqishadi.

Bizning kompaniyada bir nechta transport sohasida hamkorlar mavjud. Biz sizning yukingiz uchun temir yo’l tashishlari, multimodal yetkazishni tashkil qilamiz.

Posted in: Yuk tashish

Rustam Trans Cargo © Все права защищены.2018

Сайт разработан в WEBSPEKTR